Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni vazirlik va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida hududlarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati Ye.Aldanov yoshlar bilan ochiq havoda uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish, sport bilan shug‘ullanish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Deputat Ye.Aldanov yoshlarni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol bo‘lishga, bilim olishga intilib, kelajakda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va deputatlar o‘rtasida ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2