Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
«Депутат мәҳалле»де жойбары.
янв.21
Prezident Múrájatı hám “Ózbekstan – 2030” strategiyasınıń mazmun-mánisi haqqında.
Farg‘ona tumanida suv xo‘jaligi masalasi — qat’iy nazoratda

Farg‘ona tumanida suv xo‘jaligi masalasi — qat’iy nazoratda

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida tuman uchun strategik ahamiyatga ega masala ko‘rib chiqildi.

🔹 Yig‘ilishda “BD-7-1” kollektorini tizimli ta’mirlash va tiklash loyihasi atroflicha tahlil qilindi. Ushbu loyiha — yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv aylanishini barqarorlashtirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.

🔹 Muhokamalar davomida loyihaning texnik asoslari, moliyaviy jihatlari va amalga oshirish mexanizmlari tanqidiy ko‘rib chiqildi. Komissiya raisi Kengash muhokamasiga kiritiladigan har bir ma’lumot avval kotibiyatga taqdim etilishi shartligini, tasdiqlanmagan ma’lumotlar qonuniy kuchga ega emasligini qat’iy ta’kidladi.

🔹 Har bir vazifa bo‘yicha aniq mas’ullar belgilab olindi, muddatlar ko‘rsatildi va ijro intizomini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Suv xo‘jaligi — bu faqat tarmoq emas, balki hudud iqtisodiyoti va aholi farovonligining asosidir. Nazorat, mas’uliyat va tizimli yondashuv — barqaror rivojlanish garovi.

Telegram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 3