Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
Xalq deputatlari shahar Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

 Xalq deputatlari shahar Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining shahar vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul
birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.
 

Ushbu hamkorlik doirasida shahar Kengashi deputatlari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, mazkur hamkorlik doirasida mahallalarda sayyor qabullar tashkil etish, fuqarolarning huquqiy muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va tezkor hal etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali aholining ortiqcha ovora bo‘lishining oldi olinadi hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligi oshiriladi. 

Hamkorlik doirasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazilib, fuqarolarning qonun hujjatlariga oid bilimlari
mustahkamlanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish bilan bir qatorda, zarur hollarda sud va boshqa
tashkilotlarga murojaat qilishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur hamkorlik ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish tamoyillari asosida amalga oshirilib, shahar
aholisi uchun qulay va samarali huquqiy yordam tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5