Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
“Inson” markazida uchrashuv: ustuvor vazifalar, deputatlar bilan hamkorlik

Ana shu maqsadda O‘ZLIDEP Toyloq tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari va tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Toyloq tuman bo‘limida bo‘lib, soha vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tuman Kengashi deputati so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda O‘zbekiston – 2030 strategiyasi mazmun-mohiyati bo‘ycha so‘z yuritildi. 

 ️Ta’kidlanganidek, strategiyada ijtimoiy himoyani kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilangan. “Inson” markazlari esa bu vazifalarni joylarda amalga oshirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda. 

 ️Markaz faoliyati doirasida har bir murojaatchi bilan individual ish olib borilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordamni shaffof va adolatli tarzda taqdim etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

  Shunindek, davra suhbati davomida kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha deputat N.Mo’minova tomonidan fikrlar bildirilib, ogohlikka chaqirildi.

️Uchrashuv yakunida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va inson qadrini ulug‘lash borasidagi vazifalar belgilab olindi. Deputatlar bilan hamkorlikni ishlarni tashkil etish, joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirib tizimli ishlarni davom ettirishga kelishib olindi. 

  ✅ https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4