Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
Mahallada ijtimoiy masalalar va davlat dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi deputat tomonidan o‘rganildi

Muzrabot tumanidagi deputatlar tomonidan o‘zlari saylangan hududlarga borib, aholi murojaatlarini tinglash bilan birga davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi ham doimiy ravishda o‘rganilib deputatlik nazorati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Qahramon saylov okrugidan saylangan deputat J.Amonov “Mehnatobod” mahallasida fuqarolar murojaati bo‘yicha joyiga borib holat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Bunda aholi xonadonlarining yer maydonlarining ko‘chalar chegarasiga bo‘lgan masofasidan chiqib ketmasligini va o‘zboshimchalik bilan ortiqcha joylarni egallab olmasliklari haqida fuqarolarga tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida “Mehnatobod” MFYda loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining hozirgi kundagi bajarilish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish ishlarini o‘z muddati va sifatli qilib bajarilishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

Slide 1 of 5