Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Deputat qadaǵalawı» joybarı.
янв.21
«Deputat máhállede» joybarı.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova o‘z saylov okrugi “Laylakkol” mahallasida bo‘lib, hududda joylashgan 34-maktab faoliyatini o‘rgandi. Tashrif davomida o‘quvchilarning ta’lim jarayoni, darslarning sifati, maktabning moddiy-texnik holati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni deputatga bevosita yo‘lladi. Bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek deputat “Laylakkol” mahallasida joylashgan “Go‘zal Boyzoqova” tikuvchilik korxonasida ham bo‘ldi. Tashrif jarayonida ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tashabbusi bilan “Xizmat–beminnat” loyihasi doirasida 5 nafar xotin-qiz kasbga yo‘naltirilib, tikuvchilik bo‘yicha o‘quv kurslariga qamrab olindi. Ushbu amaliy yordam ularning mustaqil kasb egallashi, barqaror daromad topishi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5