Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
«Депутат мәҳалле»де жойбары.
Mustaqillik mahallasida “Agrologistika markazi” qurilishi o‘rganildi

 Mustaqillik mahallasida “Agrologistika markazi” qurilishi o‘rganildi 

O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2025 yil 1 apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks
rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni
amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-son Qarori bilan Quva tumani Mustaqillik mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida 15 gektar yer maydonida “ENERGY-LAND” qo‘shma korxona
shaklidagi MChJ tomonidan umumiy qiymati 50 million AQSh dollariga teng bo‘lgan
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish va taqsimlash” Agrologistik markazni barpo
etish belgilangan. Mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, M.Sayfidinov, B.Abduraximov hamda
B.Sharipovlar tomonidan o‘rganildi.  

O‘rganishlar
davomida loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, qurilish ishlarining sifati va
muddatlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holati muhokama qilindi.
Shuningdek, loyihaning tuman iqtisodiyotini rivojlantirish, eksport salohiyatini
oshirish va aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. 

Mazkur investitsiya
loyihasi ishga tushirilishi natijasida tumanda zamonaviy logistika infratuzilmasi
shakllanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligi
yanada oshishi kutilmoqda.  

Slide 1 of 7