Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ochilish marosimi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli, “Bo‘zyop” OFY hududida joylashgan 68-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Pudratchi "QIZKETKEN MAXSUS QURILISH" MChJ tomonidan qiymati 5 mlrd 950 mln so‘mlik loyiha asosida 330 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan yangi qo‘shimcha o‘quv binosi hamda 12×24 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Mansur O`razbayev, tuman hokimi o‘rinbosari Nodirbek Kamolov, mahalla faollari hamda maktab jamoasi ishtirok etdi. 

Slide 1 of 7