Bugun 26-fevral kuni Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashiga 1-“Yangiobod” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Qarshiboyev Ibrohim Boltayevich Sarmich mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani
alohida ta’kidlandi. Shu munosabat bilan tumandagi barcha darajadagi rahbarlar joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazayotgani qayd etildi. Suhbat jarayonida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari atroflicha tinglanib, bandlik, ta’lim, sport hamda tadbirkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.