Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
«Депутат мәҳалле»де жойбары.
янв.21
Prezident Múrájatı hám “Ózbekstan – 2030” strategiyasınıń mazmun-mánisi haqqında.
янв.21
«Депутаталық қадағалаў».
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

4-Paxtaobod saylov okrugi deputati O.Yuldoshev tomonidan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida saylov okrugidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✅Uchrashuv davomida davlat rahbari tomonidan yoshlarning bilim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, ularni zamonaviy kasb-hunar va IT sohalariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda ularning jamiyatdagi faol ishtirokini kuchaytirish borasida ilgari surilgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirildi.

✅Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniyatga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, yoshlarning muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅Tadbir yakunida yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga va o‘z bilim hamda salohiyatini yuksaltirishga chaqirildi.

Slide 1 of 4