Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
Mahallada xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati N.Kiyamov o‘z saylov okrugidagi Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini tizimli ravishda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Qo‘chqorova Gulnoza 2022-yildan buyon mazkur mahallada xotin-qizlar faoli sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, 2026-yil uchun “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga 85 nafar xotin-qizlarning kiritilgani, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda oilaviy daromad manbalarini shakllantirishga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur sa’y-harakatlar orqali xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy muammolarini bartaraf etish maqsad qilingan.

O‘rganish yakunida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 3