Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
Taxtakópir rayonı ÓzLiDeP deputatlíq toparíníń is-rejesine tiykar gezektegi májilisi bolíp ótti.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganilmoqda.

Mazkur o‘rganish ishlari tumanning "Azamat" mahallasida davom ettirildi. Unda tuman Kengashi deputati Shaxlo Mardanova tomonidan hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolar va boshqa turdagi salbiy holatlarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda hududda mavjud muammolar o‘rganilib, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganishlar davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari, fikr va takliflari tinglandi. Ularning hududda xavfsiz muhitni ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi takliflari alohida e’tiborga olindi.

Shu bilan birga, hududda jinoyatchilikni kamaytirish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi. 

Slide 1 of 4