Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari D. Yorov va M. Yo‘ldosheva Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda Shahrisabz shahridagi 15-maktabda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirildi, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
🤝 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.