Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgab ”Zahiriddin Muhammad Bobur" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, uning murakkab va sinovlarga boy yo‘li, yuksak matonati hamda boy ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylar ijrosi namoyish etildi. Shuningdek, deputat G. Bozorova tomonidan Boburning davlat boshqaruvidagi salohiyati, harbiy strategiyasi hamda “Boburnoma” asarining tarixiy ahamiyati haqida ma’ruza qilindi.