Fuqaro murojaatida mahalla ichki yo‘llarini shag‘allashtirish va betonlashtirish masalasida amaliy yordam so‘ralgan bo‘lib, ushbu murojaat tegishli mas’ullar tomonidan joyida atroflicha o‘rganildi.
Bugungi kunda mahallada Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qaroriga muvofiq, qishloq aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va turmush darajasini oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur yo‘nalishda mahallani toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, uzluksiz elektr energiyasi tarmog‘ini yaxshilash hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ayni paytda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborilgan.