1-umumta`lim maktabida ayollar va yoshlar o`rtasida tibbiy bilimlar hamda sog`lom turmush tarziga oid ko`nikmalarni oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman Kengashi deputati Tadjibaeva Yorqinoy ishtirok etib, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot olib bordi. Davra suhbati davomida aholining tibbiy savodxonligini oshirish, kasalliklarning oldini olish, sog`lom hayot tarziga amal qilish, shuningdek, yoshlar va ayollar salomatligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. Bunday tadbirlar aholining tibbiy bilimlarini mustahkamlash,
sog`lom avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi ta`kidlandi.