Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат давра суҳбати ўтказди.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesinde ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası Taxtakópir rayonlıq partiya shólkeminiń gezektegi Keńes májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATINIŃ MAZMUNI KEŃ JÁMIEYETSHILIKKE JETKIZILDI.
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATINIŃ MAZMUNI KEŃ JÁMIEYETSHILIKKE JETKIZILDI.
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATINIŃ MAZMUNI KEŃ JÁMIEYETSHILIKKE JETKIZILDI.
янв.21
Murojaatnoma — barqaror kelajak uchun aniq yo‘l
янв.21
Спорт ҳәм илимдеги жоқары нәтийжелер - жаңа Өзбекстан раўажланыўының беккем тийкары.
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi

Bugun, 16 yanvar kuni, xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi raisi Islombek Baydavlatov rahbarligida 7 chaqiriq 22-sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim masalalar tanqidiy-tahliliy tarzda ko‘rib chiqildi.

Xususan:

1. Shaharda 2025-yil 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin- qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida. 

2. Guliston shahar bo‘yicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qo‘llaniladigan koyeffisentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

3.Guliston shahar mahalliy byudjetining 2026-yil shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

4. Guliston shahrining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ekologik “master-reja”sini tasdiqlash to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha bo‘shab qolgan 8-madaniyat okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida

6. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashiga bo‘shab qolgan 8- madaniyat saylov okrugi hamda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashiga 18-Ulug‘obod saylov okruglariga saylov o‘tkazuvsi uchastka saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiya davomida Guliston shahrining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ekologik “master-reja”sini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollar muhokama qilindi. Mas’ul ma’ruzachi — shahar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i N. Yulchiyev tomonidan qo‘shimcha tushuntirish va ma’lumotlar taqdim etish zarurati mavjudligi inobatga olinib, ushbu masala bo‘yicha keyingi sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etildi hamda masalani ko‘rib chiqish keyingi sessiya kun tartibiga qoldirildi.

Boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishi ma’qullandi.


 

Slide 1 of 10