Odamlarni rozi qilish bugungi islohotlarning asosiy mezoni, — deydi deputat O.Yo‘ldoshova. — Shu sababli bugun zamon bilan hamqadam yurib, mavjud muammolarga birinchi bo‘lib yechim topishga, odamlarning dardu quvonchiga sherik bo‘lishga astoydil harakat
qilyapmiz. -Mahalliy rahbarlar, deputatlar ham ko‘p vaqtini odamlar orasida o‘tkazsa, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topsa, fuqarolarimiz adolat va haqiqatning qudratiga, hayotga va kelajakka ishonadi. Fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, kredit, subsidiya, ishga joylashish kabi ko‘plab muammolar bildirildi. Aniqlangan muammolarning ba’zilari joyning o‘zida yechim topdi
qolganlari deputatlik so‘rovlari orqali bartaraf etiladigan bo‘ldi.