Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 TA’LIM SIFATI, DAVOMAT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR MARKAZIDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan tumandagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari 17-sonli umumta’lim maktabida olib borildi.

🏫 O‘rganish davomida maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash, ta’lim sohasiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktab hududida obodonlashtirish ishlarining holati, mavjud infratuzilma, bino va xonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda mavsumni barqaror o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish yakunida ta’lim muassasasi faoliyatidagi mavjud masalalarni tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.

✅ Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, davomatni mustahkamlash hamda ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 4