Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
Deputat tomonidan aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Deputat tomonidan aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish orqali oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.

Ushbu yo‘nalishda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari hamda aholi bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3