Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda

#_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining «17-Dashnabod» saylov okrugidan saylangan deputati D.Mamadiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova Sarijar mahallasida o‘rganish ishlarini olib borishdi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosi yuzasidan hududda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, xususan, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordamning aholiga ko‘rsatilishi tahlil etildi.

Shuningdek, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, tibbiyot muassasalari faoliyati va fuqarolarni qiynayotgan mavjud muammolarga e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 1