Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati O.Bozorov tomonidan “Degrizlik” mahallasida sport infratuzilmasini rivojlantirish va yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda “Degrizlik” mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar va yoshlar tomonidan hududdagi bo‘sh yer maydonida zamonaviy sport maydonchasi yoki workout majmuasi barpo etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

️Mahalladagi bo‘sh yer maydonini obodonlashtirish, undan samarali foydalanish hamda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari N.Nasimov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Degrizlik” mahallasi hududidagi bo‘sh yer maydonida zamonaviy sport maydonchasi yoki workout majmuasini barpo etish masalasini tegishli mutasaddilar bilan birgalikda atroflicha o‘rganish hamda uni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.

Shuningdek, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur tashabbusni amalga oshirish, jumladan, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport maydonchasi yoki workout majmuasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish taklifi ilgari surilgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob olinishi hamda tashabbusni amalga oshirish yuzasidan ko‘riladigan choralar kuzatib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2