Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
🇺🇿 Jinoyatchilikning oldini olish: hududlardagi vaziyat o‘rganildi

Jinoyatchilikning oldini olish: hududlardagi vaziyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa, qizil va sariq toifadagi hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida mas’ullar bilan ko‘p qavatli uylar atrofida xavfsizlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hududlarni zamonaviy multimedia kuzatuv tizimlari hamda ichki ishlar organlariga tezkor murojaat qilish imkonini beruvchi chaqiruv tugmalari bilan jihozlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Muhokamada jinoyatchilikning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🤝 Xavfsiz mahalla — aholi osoyishtaligi va farovon hayotining muhim sharti.