REG LAMENT DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Reglament doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👍 Yig‘ilishda tuman hokimi, 1-Go‘zalkent saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati J. Pardayev ham ishtirok etdi.
🌐 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 14-avgustdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi KQ-379-V-sonli qarori ko‘rib chiqildi.
📢 Reglament doimiy komissiyasi raisi tomonidan mazkur qaror mazmuni hamda deputatlarning namunaviy odob-axloq qoidalari yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
✅ Yig‘ilishda deputatlarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, deputatlik maqomiga munosib xulq-atvorni namoyon etishi va o‘z faoliyatida belgilangan talablarga amal qilishi masalalariga e’tibor qaratildi.