Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
Investitsiya loyihalari o‘rganilishi davom etmoqda

Investitsiya loyihalari o‘rganilishi davom etmoqda

➡️ Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan mahallalarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

🔎 Ushbu ishlarning davomi sifatida uning topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Oydin yo‘l” MFYda tadbirkor A.Radjapov tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Aholiga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish” investitsiya loyihasi bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

📑 O‘rganish jarayonida Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-598, 2019-yil 25-dekabr) doirasida investitsiya tashabbuslarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🏗 Tashrif davomida markaz qurilishi jadal sur’atlarda davom etayotgani qayd etildi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida mahallada aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

📌 O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

Slide 1 of 2