Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
🚧 “Taxiatosh” MFYda kanalizatsiya qurilishi: sifat va hudud obodonchiligi e’tiborda

“Taxiatosh” MFYda kanalizatsiya qurilishi: sifat va hudud obodonchiligi e’tiborda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Madaminov Alisher Abdullayevich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Yoshlar maslahat guruhi” va Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda “Taxiatosh” MFYdagi 10-Xo‘jayli saylov okrugi hududida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 Jarayonda qurilishning amaldagi holati, loyiha talablariga rioya etilishi hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalari mutaxassislar bilan muhokama qilindi.

🛣 Shuningdek, qazish ishlari ortidan qum va tuproq uyumlarini hududda qoldirmasdan, o‘z vaqtida olib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Chang-to‘zonning oldini olish, qazilgan joylarni tegishli tartibda tiklash va atrofni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🤝 Qurilish sifati bilan bir qatorda, ishlar davomida aholiga tug‘iladigan noqulayliklarni kamaytirish ham muhim. Shu bois hududni tartibli saqlash va qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumotlar deputat hamda Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

Slide 1 of 2