Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
TUMAN KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori hamda 2025-yil 18-martdagi “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-son qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yilning 3-choragi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani prokurori Adliya maslahatchisi Hayitov Mirzohid Urolovichning hisoboti tinglandi.
Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi holati hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2026-yil 3-choragida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Amonturayev Muxiddin Shoto‘rayevichning hisoboti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-117-son farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Eshqobilov Zayniddin Egamberdiyevichning hisoboti hamda sessiya ishida boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9