Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abduraxmonovaning 25-Orolbo‘yi saylov okrugidagi “Orol bo‘yi” mahallasida ko‘cha yoritish chiroqlari holatiga oid deputat so‘roviga Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob keldi.

Eslatib o‘tamiz, mahallada o‘tkazilgan o‘rganish davomida ayrim ko‘chalarda tashqi yoritish chiroqlari eskirgani yoki ishlamayotgani aniqlangan edi. Bu holat, ayniqsa kechqurun maktab o‘quvchilari va keksa yoshdagi aholining xavfsiz harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirgan. Shu sababli 2026-yil 21-sentabrda Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Deputat so‘rovi natijasida mahalla ko‘chalarida yoritish ishlari tartibga solinmoqda. Ishlarning bajarilishi deputat nazoratida qoladi.

Slide 1 of 1