Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
YOSHLAR BILAN ISHLASH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M.Murzametova tomonidan
246-maktabda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida yoshlarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, sport, madaniyat, ta’lim va turli to‘garaklarga jalb etish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥Yoshlar bilan muloqot davomida ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayniqsa, yoshlarni kelajak kasbiga to‘g‘ri yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

📝Mazkur ishlar, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni talablari asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligi uchun shart-sharoit yaratish hamda har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash davlat yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Slide 1 of 1