Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI

TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov hamda Kengash deputati O. Yusupov tomonidan hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati, ularning ish jarayonida duch kelayotgan muammolari, faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari hamda zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanganlik holatiga e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish va aholi daromadlarini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot jarayonida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bandlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

 Jumladan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-328-son, 2012-yil 2-may) hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr) talablaridan kelib chiqib, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va aholi bandligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3