Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
PASTKICHAQIR QISHLOG‘IDA PIYODALAR YO‘LAGI QURILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Do‘stlik mahallasi, Pastkichaqir qishlog‘ida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida qurilayotgan piyodalar yo‘lagining qurilish jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida piyodalar yo‘lagini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaldagi holati, qurilish jarayonining belgilangan loyiha va talablar asosida tashkil etilishi, yo‘lak uchun tayyorlanayotgan asos, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda bajarilayotgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yangi piyodalar yo‘lagi hudud aholisi uchun xavfsiz va qulay qatnov imkoniyatini yaratishi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, aholi xonadonlari va boshqa ijtimoiy obyektlarga piyoda harakatlanishda qulaylik yaratishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Qurilish ishlari bilan bir qatorda yo‘lak atrofini obodonlashtirish, piyodalar harakati uchun xavfsiz sharoit yaratish, hamda hududning umumiy ko‘rinishini yaxshilash masalalari ham muhokama qilindi.

Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan texnik talab va me’yorlarga qat’iy rioya qilish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning borishini muntazam nazorat qilib borish, qurilish yakunlangach piyodalar yo‘lagining foydalanishga qulayligi va xavfsizlik talablariga javob berishini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1