Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
PASTKICHAQIR QISHLOG‘IDA ARTEZIAN QUDUQQA QUYOSH PANELLARI O‘RNATISH JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Do‘stlik mahallasi Pastkichaqir qishlog‘ida “Yangi O‘zbekiston” dasturi doirasida qurilgan artezian quduqni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida artezian quduqning umumiy holati, suv chiqarish tizimi, nasos qurilmalari hamda mazkur tizimni muqobil energiya manbai orqali ishlatish uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, quduq uchun zarur elektr energiyasini quyosh energiyasi hisobidan ta’minlash maqsadida quyosh panellarini o‘rnatish jarayoni, ularning joylashtirilishi, tegishli qurilmalar bilan ulanishi va kelgusida suv chiqarish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyatlari bilan tanishildi.

Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatishda texnik talablar va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, panellarni to‘g‘ri joylashtirish, nasos tizimi bilan uyg‘un ishlashini ta’minlash hamda o‘rnatish ishlarini sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida quyosh energiyasidan foydalanish orqali artezian quduqning ishlashini ta’minlash, elektr energiyasidan samarali foydalanish va Pastkichaqir qishlog‘i aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 3