Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
YANGIOBOD TUMAN TEXNIKUMIDA YENGIL KONSTRUKSIYALI O‘QUV USTAXONASI QURILISHI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Yangiobod tuman texnikumida yengil konstruksiyali o‘quv ustaxonasini qurish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida texnikum hududida yangi o‘quv ustaxonasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilgan ishlar hajmi, qurilish maydonining holati hamda obyektning keyingi bosqichlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘quv ustaxonasini tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish, ularni tanlagan kasbi bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun zamonaviy va qulay sharoit yaratishdan iborat.

Shu nuqtayi nazardan, o‘rganish davomida ustaxonaning kelgusida foydalanish uchun tayyorlanishi, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatlari, zarur jihoz va uskunalarni joylashtirish sharoitlari, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz mehnat muhitini yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, loyiha va texnik talablar asosida tashkil etilishi, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, obyekt foydalanishga topshirilgach, undan samarali foydalanish, o‘quvchilarning amaliy kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2