Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📋 “Xalqlar do‘stligi” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
🚧 Kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi o‘rganildi
янв.21
📋 Taxiatosh tuman ShTAB faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏡 Deputat nima uchun xonadonbay yuradi?
янв.21
📍 Bandlik masalasi bo‘yicha navbatdagi xonadonda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich
янв.21
Fuqarolar bilan individual suhbatlar davom etmoqda
янв.21
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
янв.21
🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar
янв.21
📍 Keyingi manzil: oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlari muhokamada
#Doimiy_komissiya_faoliyati #24_tavsiya #10_BAND #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Haftalik_ish_reja #Kunlik_ish_reja #19_1_modda

#Doimiy_komissiya_faoliyati
#24_tavsiya
#10_BAND
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja
#Kunlik_ish_reja
#19_1_modda

BOZORDAGI NARX-NAVO — XALQ KAYFIYATINING KO‘ZGUSI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Unda Kengash kotibiyati mudiri M. Yarmatov, deputat E. Qulliyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M. Choriyeva Angor tumanidagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, savdo shoxobchalari va rastalardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini o‘rgandilar.

✅O‘RGANISH JARAYONIDA QUYIDAGILARGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILDI:

Mahsulotlar sifati va zahirasi: Rastalardagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati hamda yetarli zaxirasi mavjudligi;

✅Narxlar barqarorligi: Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sun’iy ravishda oshirilmaganligi;

✅Xaridorlar fikri: Xaridorlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning narx-navo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qoniqish darajasi o‘rganildi.

✅O‘tkazilgan muloqotlar va tahlillar natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

📈 Narxlar mo‘tadilligi: Go‘sht, sut va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari rastalarida narxlar barqarorligi saqlanib qolmoqda;

✅Yetarli zaxira: Mavsumiy sabzavotlar, meva va poliz mahsulotlarining yetarli zaxirasi yaratilgan bo‘lib, aholi ehtiyojini to‘liq qoplamoqda.

Xalq deputatlari nazorati — narxlar barqarorligi va ishonch kafolatidir!

Slide 1 of 1