Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Abdullayev Bahrom Ismoilovich Pastdarg‘om tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabi hududi bilan tanishib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

💧 O‘rganish davomida maktabning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati, suvdan foydalanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan qiziqildi.

❄️ Shuningdek, ta’lim muassasasining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, sinfxonalarda zarur haroratni ta’minlash, bino va muhandislik tarmoqlarining mavsumga tayyorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💧 Maktabda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ichimlik suvi ta’minotidagi mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

📍 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4