Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Böston mahallasida aholi muammolari örganildi

Böston mahallasida aholi muammolari örganildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining 6-Mehrobod saylov okrugi deputati Akbarali Qayumov taşabbusi bilan tuzilgan işçi guruh tomonidan Samarqand şahridagi Böston mahallasi hududida navbatdagi örganiş işlari olib borildi.

🌀 Örganiş davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud infratuzilma obyektlari, kommunal xizmatlar sifati hamda aholini qiynayotgan muammolar joyiga çiqqan holda tahlil qilindi. Şuningdek, fuqarolar bilan oçiq muloqot ötkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

➡️ Xususan, mahalla içki yöllarini ta’mirlaş masalasi muhokama qilinib, uşbu işlarni joriy yilning oktyabr oyida amalga oşiriş böyiça mutasaddi taşkilotlar bilan kelişuvga erişildi.

♾ Şuningdek, hududdagi eskirgan yoğoç elektr ustunlarini beton tayançlarga almaştiriş hamda maktab hududida mini-futbol maydonçasi barpo etiş masalalari yuzasidan tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovlari yuborilişi belgilandi.

⁉️ Örganiş jarayonida avval yuborilgan deputatlik sörovlari ijrosi ham tahlil qilinib, hududda mavjud muammolarni bartaraf etiş va aholi uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

⚡️ Aholi bilan bevosita muloqot qiliş, ularning muammolarini joyida örganiş va amaliy yeçimlar işlab çiqiş deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.

Slide 1 of 5