Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O. Mamatkarimov, viloyat Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirokida Namangan shahridagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, guruh xonalarining holati va bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, zarur jihozlar va o‘quv-tarbiyaviy materiallar bilan ta’minlanganligi, bolalarning ovqatlanishi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga tayyorgarligini ta’minlash, yoshiga mos bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqi va tafakkurini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga qaratilgan mashg‘ulotlar mazmuniga ham e’tibor qaratildi.

Mas’ullar tomonidan muassasaning joriy faoliyati, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha fikr almashilib, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni o‘rganish va ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr) talablaridan kelib chiqib, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda xavfsiz sharoitlarda ta’lim-tarbiya bilan qamrab olinishiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 8