Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "23-Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Ma’lumki, “Qorako‘l” mahallasi tuman Kengashining VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” hudud sifatida tanlab olingan.

O‘rganish davomida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida loyiha doirasida 5,4 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash belgilanganligi qayd etildi.

✅ Bugungi kunda mazkur loyiha doirasidagi ishlar to‘liq yakunlanib, “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5,4 kilometr ichki yo‘llar asfaltlandi.

Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida hududda transport qatnovi uchun qulayliklar yanada yaxshilanib, mahalla aholisi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Mahalla aholisi hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish va infratuzilmaviy ishlardan mamnunligini bildirib, loyiha ijrosiga o‘zining ijobiy munosabatini bildirdi.

Slide 1 of 5