Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

alq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati, tuman hokimi O. Musanov ishtirokida hududda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli uylar va aholi xonadonlarini barqaror issiqlik hamda zarur kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriq va vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarning barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.

Slide 1 of 4