Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
O‘rganish

Tuman Kengashi 18-okrug deputati F. Radjabova Toshkent viloyati Kengashi 33-Eshonguzar saylov okrugi deputati N. Shek bilan birgalikda A. Temur mahallasida bo‘lib, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

♻️O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

♻️Shuningdek, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, ularning kasb-hunar egallashi va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

♻️Deputatlar mahalladagi muammolarni aniqlash va o‘z vaqtida yechimini topish muhimligini ta’kidladilar.

Slide 1 of 3