Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-«Bo‘rsiliq» saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish hamda transport vositalari harakatini tartibga solish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan javob berildi.
✅ Deputatlik so‘rovida ikkita muhim manzil ko‘tarilgan edi.
Jumladan, Navro‘z mahallasi Sho‘rob ko‘chasidagi 700 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi yaqinida, 10- va 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.
Shuningdek, Parkent–Krasnogorsk–Zarkent yo‘nalishlari kesishmasidagi chorrahada transport vositalari harakatini tartibga solish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun svetofor o‘rnatish zarurligi qayd etilgan.
✅ Mas’ul tashkilot javobida qanday ma’lumot berildi?
Javob xatida mazkur hududlar D-015 1)-002 «Qiziltog‘–Parkent–Yangibozor» avtomobil yo‘lining 54–55-kilometrlari oralig‘ida, Parkent tumani markazida joylashgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, Parkent tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi (YFUK) hamda Toshkent viloyati YHXB MEB tomonidan ushbu hududlar uchun svetoforlar olib kelingani va ularni 2026-yil oktyabr oyi oxirigacha o‘rnatish rejalashtirilgani bildirilgan.
✅ Aholi xavfsizligi yo‘lidagi muhim qadam
Svetoforlarning o‘rnatilishi transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solish, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
⚠️ Deputatlik so‘rovlari orqali hududlardagi muammolarni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish, ularning yechimi yuzasidan aniq choralar belgilanishiga ko‘maklashish va ijrosini kuzatib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
📌 Eslatma: Mas’ul tashkilot javobiga ko‘ra, svetoforlarni o‘rnatish oktyabr oyi oxirigacha rejalashtirilgan. Ularning amalda o‘rnatilgani haqida hozircha ma’lumot mavjud emas.

Slide 1 of 1