Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ishlab chiqilgan savolnoma asosida o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida mazkur qonun talablarining ta’lim tizimidagi ijrosi, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi hamda ularning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔵Xususan, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur tashkiliy va huquqiy sharoitlarni ta’minlash, ularning pedagogik faoliyatiga qonunchilikda nazarda tutilmagan holda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik, zimmasiga ortiqcha va kasbiy faoliyatiga daxlsiz bo‘lgan vazifalarni yuklamaslik masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarida pedagoglarning huquqlarini ta’minlash bilan bir qatorda, ularning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarini sidqidildan bajarishi, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi masalalari ham muhokama qilindi.

🔵Shu bilan birga, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ta’lim muassasalarida pedagoglarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda pedagoglar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3