Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Fuqaro xonadonini ta’mirlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim Sh.Meliboyev hamda “Madad” NNT vakili M.Toshboltayeva bilan birgalikda Habibiy ko‘chasi, 22-uyda yashovchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan M.Sultonova xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida xonadonning mavjud sharoitlari o‘rganilib, uy-joy ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan olib borilgan o‘rganishda ijtimoiy xodim tomonidan xonadon ta’mirlashga muhtoj sifatida tegishli tizimga kiritilgani, shuningdek, ta’mirlash ishlari uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratilganiga qaramay, amalda ta’mirlash ishlari hali boshlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi. Mazkur masala tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi va fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash masalasiga aniqlik kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Deputatlik nazorati doirasida ushbu masalaning hal etilishi, mas’ul tashkilot tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda fuqaroning murojaatiga yechim topilishi yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4