Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Sumbula mahallasida ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimov saylangan “Urg‘anjibog‘” saylov okrugi hududidagi “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayoni “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakili M.Toshboltayeva bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Sh.Meliboyevning faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash va ehtiyojmand oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Sumbula” mahallasida jami 30 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu oilalarning:

️10 tasi davlat ta’minotidagi oilalar;

️20 tasi kambag‘al oilalar toifasiga kiradi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan mazkur oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini aniqlash, zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish hamda mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan tizimli ishlash, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash va tegishli xizmatlar bilan qamrab olish borasidagi hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3