Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 6-Xo‘japorso saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Okrug deputati G‘.Madumarov tomonidan Xo‘japorso mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla darajasidagi ijrosiga e’tibor qaratildi.

Xususan, mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, bandlikni oshirish hamda kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mazkur yo‘nalishdagi vazifalarning ijrosi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.

Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini muntazam kuzatib borish, mahallalarda mavjud imkoniyatlarni ishga solish hamda belgilangan chora-tadbirlarning amaliy natijasini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar hududlarda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3