“GULZOR” MAHALLASIDA HUQUQ-TARTIBOT VA PROFILAKTIKA ISHLARI O‘RGANILDI
📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.
✨ Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔎 Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida mahalla profilaktika inspektori hamda jamoat tartibini saqlashga mas’ul xodimlar faoliyati, ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati o‘rganildi.
📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.