Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
#Ekspert_guruhi_faoliyati #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Doimiy_komissiya_faoliyati #Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #162_qonun

#Ekspert_guruhi_faoliyati
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Doimiy_komissiya_faoliyati
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Kunlik_ish_reja
#162_qonun

⚡️ Elektr ta'minoti korxonasida deputatlik nazorati o'tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik nazorati doirasida Angor tumani elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida O‘RQ-940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganishda tuman Kengashi deputati Norquvvot To‘rayev hamda Kengash kotibiyati mudiri M. Yarmatov va Ekspert guruhi a'zosi ishtirok etdi. Angor tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i S. Bo‘tayorov tomonidan doimiy komissiya a’zolariga korxonada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, korxonaning dispetcherlik bo‘limi faoliyati ham o‘rganilib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish va amaliy hal etish masalalari muhokama qilindi.Aholiga qulaylik yaratish va murojaatlarni tezkor qabul qilish maqsadida dispetcherlik xizmatida 5 ta uyali aloqa operatori telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati yo'lga quyilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda elektr ta’minoti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Deputatlik nazorati — aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1