Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
YEROSTI YONG‘IN GIDRANTLARINING TEXNIK HOLATI VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI

#19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ YEROSTI YONG‘IN GIDRANTLARINING TEXNIK HOLATI VA SUV TA’MINOTI MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash deputatlari hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokidagi o‘rganishlar davom ettirildi.

🔺 O‘rganishlarning navbatdagi manzili tuman suv ta’minoti bo‘limi bo‘lib, unda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yerosti yong‘in gidrantlarining mavjudligi, texnik holati va ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

💧 Jarayonda tuman suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining yerosti yong‘in gidrantlari bilan ta’minlanganlik holati, ularning texnik sozligi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

🚒 Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yerosti yong‘in gidrantlarining texnik holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Bunda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda suv manbalaridan tezkor foydalanish imkoniyatlari, gidrantlarning sozligi va ularni doimiy nazorat qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 “162 ta eng muhim qonun” ijrosini o‘rganish doirasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda tegishli infratuzilma obyektlarining texnik sozligini saqlashga oid qonunchilik talablarining amalda bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

🔧 O‘rganish davomida gidrantlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, mavjud nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi xizmatlari bilan suv ta’minoti tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

📋 Deputatlar tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlashda suv ta’minoti infratuzilmasining o‘rni, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish imkoniyatlarini oshirish hamda mavjud texnik vositalarning doimiy ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

➡️ Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4