Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 “Katta hayot” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi Otabek Tursunov, tegishli mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirokida “Katta hayot” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud maishiy bino-inshootini buzib, uning o‘rnida “O‘quv binosi”ni qurish loyihasi bilan yaqindan tanishildi.

🏗 Loyihaga ko‘ra, hududda zamonaviy o‘quv binosi barpo etish, uning atrofini obodonlashtirish hamda aholi, xususan, yoshlar uchun qulay ta’lim olish sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

📝 Nazorat-tahlil tadbiri davomida qurilish loyihasining belgilangan talablarga muvofiqligi, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, hududni obodonlashtirish hamda xavfsizlik talablariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Tadbir yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirish, loyiha hujjatlarining to‘liqligini ta’minlash hamda obyekt qurilishi jarayonini doimiy nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5