Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich
янв.21
📍 Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ijro intizomiga rioya etilishi holati muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala joyida ko‘rib chiqildi
янв.21
📍 “Do‘stlik” MFYdagi gaz quvurlari holati o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiyaga kiritilayotgan masala joyiga chiqib o‘rganildi
POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#19_1_Modda_ijrosi

❗️ POYTAXTDA ISSIQLIK TA’MINOTI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi mutasaddilari bilan birgalikda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

🔺 O‘rganishlarning dastlabki manzili Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 6-uyda joylashgan “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK issiqlik markazi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari issiqlik markazining faoliyati, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda aholiga issiqlik energiyasini yetkazib berish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

♨️ Jarayonda issiqlik markazining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud uskunalarning texnik holati hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.

⚙️ Shuningdek, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish, avariya holatlariga tezkor munosabat bildirish hamda aholini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida issiqlik markazining kundalik faoliyati, mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🔍 O‘rganishda kommunal infratuzilmaning ishonchli ishlashi, texnik va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

➡️ Aholi xavfsizligini ta’minlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishga qaratilgan ishlar boshqa manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8